O'zbekistonlik futbolchilarning Kongo DRga qarshi o'yini qanday baholandi?

O'zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionati K guruhi 3-turi doirasida Kongo DRga qarshi maydonga tushdi. AQShning Atlanta shahridagi “Mercedes-Benz Stadium” arenasida o'tkazilgan bahsda 1:3 hisobi qayd etildi. Sofascore portaliga ko'ra, Eldor Shomurodov va Akmal Mozgovoy (6,9 balldan) “oq bo'rilar” safida eng yaxshi futbolchilar deb topildi. Shomurodov 10-daqiqada O'zbekistonning yagona goliga mualliflik qildi.
O'zbekiston terma jamoasi asosiy tarkib futbolchilariga qo'yilgan baholar:
Abduvohid Ne'matov — 5,9 ball
Abduqodir Husanov — 5,8 ball
Rustamjon Ashurmatov — 6,5 ball
Hojiakbar Alijonov — 6,4 ball
Dostonbek Hamdamov — 6,5 ball
Akmal Mozgovoy — 6,9 ball
Otabek Shukurov — 6,7 ball
Jahongir O'rozov — 6,3 ball
Sherzod Nasrullaev — 6,7 ball
Abbosbek Fayzullaev — 6,6 ball
Eldor Shomurodov — 6,9 ball
Uchrashuvning 10-daqiqasidayoq jamoa sardori Eldor Shomurodov hisobni ochib, jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo'limda afrikaliklar faollikni oshirib, hisobni tenglashtirdi. 68-daqiqada O'zbekiston darvozasi tomon belgilangan penaltini Yoan Vissa aniq amalga oshirdi — 1:1. Biroq oradan 10 daqiqa o'tib, 78-daqiqada Fiston Mayele Kongo DRni hisobda oldinga olib chiqdi. Uchrashuvning so'nggi daqiqalarida hakam tomonidan qo'shib berilgan vaqtda (90+1-daqiqa) Yoan Vissa jamoasining uchinchi golni kiritib, o'z dublini rasmiylashtirdi va o'yinga uzil-kesil nuqta qo'ydi — 1:3.
Shu tariqa, “oq bo'rilar” Jahon chempionatining guruh bosqichidagi so'nggi uchrashuvida ham imkoniyatni boy berdi. Umumiy jamoaviy baholashda Kongo DR terma jamoasi 6,86 ball, O'zbekiston esa 6,44 ballga loyiq ko'rildi. O'yinning eng yaxshi futbolchisi deb 8,0 ball olgan Kongo vakili Yoan Vissa topildi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar