Bugun Zahiriddin Muhammad Bobur nomidagi markaziy Ekopark bog'ida O'zbekiston skvosh va padel federatsiyasining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.

Tadbirda Sport vazirligi va Milliy Olimpiya qo'mitasi rahbariyati, Qatarning O'zbekistondagi Favquloddagi va Muxtor elchisi Hasan Hamza Hoshim, Xalqaro sport rasmiysi, Xalqaro kibersport federatsiyasining sobiq Prezidenti Vlad Marinesku, skvosh va padel federatsiyasi mutasaddilari, shuningdek, ushbu sport turlarining muxlislari ishtirok etishdi.

Rasmiylar yangi federatsiya o'z ishini boshlagani bilan barchani qutlab, tashkilotning kelgusi faoliyatiga omad tilashdi. Ushbu sport turlari dunyo bo'ylab o'z ommaviyligini tobora oshirib bormoqda. Xususan, skvosh Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo va Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiya o'yinlari dasturidan o'rin olgan.

Tadbir davomida har ikki yo'nalish bo'yicha professional sportchilar o'z mahoratlarini namoyish qilib, yig'ilganlarni ushbu sport turlari bilan yaqindan tanishtirishdi.