O'zbekiston va Gabon terma jamoalarining Transfermarkt portalidagi qiymati qancha?

Bugun, 27 mart kuni Toshkentda start olgan "Fifa Series" o'rtoqlik turniri doirasida O'zbekiston milliy terma jamoasi Gabonga qarshi o'yin o'tkazadi.
Transfermarkt portaliga nazar tashlaydigan bo'lsak, "oq bo'rilar" umumiy transfer bahosi bo'yicha afrikaliklardan 2 baravar qimmatroq - 63,50 mln evroga 29,83 mln evro.
Milliy jamoamizning eng qimmat futbolchisi Abduqodir Husanov hisoblanadi. Uning narxi 35 million evroga teng.

Gabonning eng qimmat futbolchisi "Los-Anjeles" vingeri Denis Buanga - 8 mln evro.

Bugungi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 19:00 da start oladi. Avvalroq, Abduqodir Husanov Eronga qarshi avvalgi o'yinda qizil kartochka olgani sabab bugun o'ynamasligi ma'lum bo'lgandi.
Manba: www.stadion.uz.