O'zbekiston U23 terma jamoasi Osiyo kubogi yo'llanmasini qo'lga kiritdi

Ravshan Haydarov boshqaruvidagi O'zbekiston U23 terma jamoasi U23 Osiyo kubogi yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Bishkek mezbonlik qilgan "E" saralash guruhida Qirg'iziston va O'zbekiston terma jamoalari 7 ochko bilan 1 va 2-o'rinni qo'lga kiritishdi (O'zbekiston bugun 3-tur doirasida Falastin ustidan qiyin g'alabaga erishgan bo'lsa, Qirg'iziston Shri-Lanka 6:0 hisobida mag'lub etdi).
Qirg'iziston guruh g'olibi sifatida qit'a chempionatiga chiqqan bo'lsa, O'zbekiston ikkinchi o'rinni egallaganlar orasida eng yaxshi ko'rsatkichga ega 4 ta jamoadan biri bo'ldi.

U23 Osiyo kubogi musobaqasi 2026 yil 7-25 yanvar kunlari Saudiya Arabistonida o'tkaziladi.
Manba: stadion.uz