Osiyo Kubogiga tayyorgarlik jarayonini Koreya Respublikasida davom ettirayotgan O'zbekiston U-23 bugun Vetnamga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi va 1:0 hisobida g'alaba qozondi.

O'yin taqdirini 4-daqiqada Saidxon Hamidov kiritgan yagona gol hal qildi.

Vakillarimiz navbatdagi o'yinini 18 noyabr kuni Xitoyga qarshi o'tkazadi.