O'zbekiston U-23 terma jamoasi «So'g'diyona»ni yirik hisobda mag'lub etdi

O'zbekiston U-23 (olimpiya) terma jamoasi navbatdagi yig'in doirasida Jizzaxning «So'g'diyona» klubiga qarshi nazorat o'yinida maydonga tushdi. Ravshan Haydarov shogirdlari o'tkazilgan bahsda 3:0 hisobidagi ishonchli g'alabani qo'lga kiritishdi.
Uchrashuvning birinchi bo'limida hisob ochilmadi. Ikkinchi bo'limda esa U-23 terma jamoast a'zolari raqib darvozasiga javobsiz uchta gol urishga muvaffaq bo'lishdi. Gollarga Ravshan Xayrullaev (60), Nurlan Ibraimov (66) va Saidxon Hamidov (90) mualliflik qildi.
O'zbekiston U-23 (boshlang'ich tarkib): Samandar Muratbaev, Dilshod Abdullaev, G'iyosjon Rizaqulov, Diyor Abdunazarov, Narimon Ahmadjonov, Bunyod Rahimov, Ravshan Xayrullaev, Shamsiddin Tursunmuhammadov, Saidumarxon Saidnurullaev (s), Sardor Hoshimov, Shodiyor Shodiboev.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Nurlan Ibraimov, Fayzullaev, Yorqinboev, Suleymanov, Hushvaqtov, Anvarov, Rayimqulov, Saidov.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar