Rossiya U-21 Turkiyaning Antaliya shahrida bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida O'zbekiston U-23 ustidan 2:1 hisobida g'alaba qozondi.

Rossiyaliklar safida 1-daqiqadayoq Andrey Ivlev hisobni ochgan bo'lsa, 61-daqiqada Gleb Popolitov gol muallifiga aylandi.

O'zbekiston yoshlar terma jamoasidan esa birinchi bo'lim yakunida Firdavs Abduraxmonov o'z ismini tabloga yozdirib qo'ydi.

Manba: www.stadion.uz.