O'zbekiston U-20 Toshkentda yaponlarga imkoniyatni boy berib qo'ydi

Bugun, 25 mart kuni poytaxtimizdagi Milliy futbol markazi maydonida O'zbekiston hamda Yaponiya yoshlar terma jamoalari (U-20) o'rtasida o'rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi. Qiziqarli va kurashlarga boy kechgan bahsda vakillarimiz kichik hisobda mag'lubiyatga uchrashdi.
Uchrashuv kutilganidek teng kurashlar ostida boshlandi. Biroq mehmonlar o'z imkoniyatlaridan samaraliroq foydalanishdi. Bahsning 31-daqiqasida yaponlar tomonidan kiritilgan yagona gol yakunda uchrashuv taqdirini hal qildi. Ikkinchi bo'limda vakillarimiz muvozanatni tiklash uchun qanchalik harakat qilishmasin, «kunchiqar yurt» vakillari mustahkam himoyalanib, g'alabani saqlab qolishdi.
O'ZBEKISTON (U-20) — YaPONIYa (U-20) — 0:1
Gol: 0:1 — 31.
O'zbekiston U-20: 1. Shokirov, 3. Odiljonov, 4. Musaxonov, 5. To'lqinbekov (S), 7. Abraev, 11. Maratov, 14. Abdusattorov, 15. Ermanov, 17. Saidaliev, 19. Dilshodbekov, 22. To'laganov.
Zaxira: Abutalipov, Soliev, Erkinov, Bobomurodov, Sarsenbaev, Jumadillaev, Tajiev, Ermanov, Abdug'aniev, Xasanov, Yusupxonov.