O'zbekiston U-20 terma jamoasi Iordaniyani mag'lub etdi

O'zbekiston U-20 terma jamoasi Iordaniyada o'tkazilayotgan o'quv-yig'in mashg'ulotlari doirasida mezbonlar U-20 terma jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi.
Jamoliddin Rahmatullaev boshchiligidagi jamoamiz bahsni ishonchli o'tkazib, Iordaniya U-20 terma jamoasini 2:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
O'zbekiston yoshlar jamoasi safidagi gollarga Davron To'laganov (52-daqiqa) va Sirojiddin Jumadillaev (65-daqiqa) mualliflik qildi.
Uchrashuv natijasi:
Iordaniya U-20 - O'zbekiston U-20 - 1:2
Gollar:
-
Davron To'laganov — 52'
-
Sirojiddin Jumadillaev — 65'
O'zbekiston U-20 terma jamoasining asosiy tarkibi:
Nematulloh Rustamjonov, Shorahim Shorahmedov, Mo'minxon Bohodirxonov, Sirojiddin Jumadillaev, Behruz Abdusattorov, Nurmuhammad Abdug'aniev, Quvonshbek Saydaliev, Abdulvosit Soliev, Asilbek Abdurasulov, Davron To'laganov.
Zaxira futbolchilari:
Odinaev, Shokirov, Hakimov, Rasuljonov, Ermanov, Olimov, Zokirjonov, Tojiboev, Ko'paysinov, Fayzullaev, Najmiddinov, Erimbetov.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar