O'zbekiston U-18 terma jamoasi ikkinchi o'yinda ham Armanistonni mag'lub etdi

O'zbekiston U-18 terma jamoasi Armanistonga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushdi va g'alaba qozondi.
8-daqiqada terma jamoamiz tomonidan uyushtirilgan hujum samarali yakunlandi. Abraev chap qanotdan jarima maydoniga kirdi va davroza yaqiniga uzatma berdi. Diyorbek Tojiboev tomonidan yo'llangan zarba natijasida to'p to'singa tegib, to'rga borib tushdi.
Uchrashuv davomida jamoalar ko'plab hujumlar uyushtirgan bo'lsa-da, bahs oxiriga qadar hisob o'zgarmay qoldi.
O'rtoqlik o'yini
Armaniston U-18 - O'zbekiston U-18 - 0:1
Gol: Diyorbek Tojiboev (8).
O'zbekiston U-18: Alishan Abutolipov, Ozodbek Odiljonov, Behruzjon Karimov, Azizbek To'lqunbekov (s), Quvonchbek Abraev, Diyorbek Tojiboev, Fazliddin Omonkeldiev, Diyorbek Tojiev, Abdulvosid Soliev, Muhammadali Dilshodbekov, Asilbek Abdurasulov.
Zaxira: Odinaev, Maratov, Shoraxmedov, Ermanov, To'laganov, Ahmadov, Abdusattorov, Iskandarov, Jumaboev, Abdumajidov.