O'zbekiston U-18 birinchi o'yinda Armanistonni mag'lub etdi

O'zbekiston U-18 terma jamoasi Erevenda Armaniston yoshlar terma jamoasiga qarshi dastlabki o'rtoqlik o'yinini o'tkazdi. Jamoliddin Rahmatullaev boshchiligidagi yoshlarimiz raqibni 2:1 hisobida mag'lub etishdi.
Birinchi bo'limda Quvonchbek Abraev jarima zarbasidan hisobni ochgan bo'lsa, oradan ko'p o'tmasdan mehmonlar muvozanatni tiklashdi.
Bahsning 58-daqiqasida jamoamiz penalti tepish huquqini qo'lga kiritdi. Davron To'laganov tomonidan yo'llangan zarbani armanistonlik posbon qaytargan bo'lsa, to'pga birinchi bo'lib etib kelgan Ulug'bek Maratov darvozaga joyladi.
Jamoalar o'rtasidagi ikkinchi o'yin 8 sentyabr kuni o'tkaziladi.
O'rtoqlik o'yini
Armaniston U-18 - O'zbekiston U-18 - 2:1
Gollar: Armaniston 27ʼ — Quvonchbek Abraev 8ʼ, Ulug'bek Maratov 58ʼ.
Noaniq penalti: Davron To'laganov 58ʼ
Boshlang'ich tarkib: 21. Bogdan Odinaev, 2. Saddam Ahmadov, 3. Ozod Odiljonov, 4. Behruz Karimov, 5. Azizbek To'lqunbekov (s), 7. Quvonchbek Abraev, 11. Davron To'laganov, 16. Ulug'bek Maratov, 17. Jasurbek Jumaboev, 19. Muhammadali Dilshodbekov, 22. Abdulfayz Bobomurodov
Zaxira: Abdutalipov, Abdurasulov, Omonkeldiev, Shorahmedov, Ermanov, Tojiev, Soliev, Abdusattarov, Iskandarov, Tojiboev, Abdumajidov.