17 yoshgacha bo'lgan futbolchilar o'rtasidagi Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston terma jamoasi Toshkentdagi yig'inni yakunlab, Ispaniyaning Albir shahriga jo'nab ketdi. Sergeey Chigodaev shogirdlari 25 avgust kuni Urugvay, 27 avgustda esa Ispaniya vakillariga qarshi maydonga tushishadi.

Ma'lumot uchun, U-17 Jahon chempionati 19 noyabr - 13 dekabr sanalarida Qatarda bo'lib o'tadi.