O'zbekiston U-16 terma jamoasi yig'inga kirishdi. O'smirlarimiz Saudiya Arabistoni va Yaponiyaga qarshi bahs olib borishadi

O'zbekiston U-16 terma jamoasi Milliy futbol markazida navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inlariga kirishdi. Sergey Chigodaev boshqaruvidagi o'smirlarimiz yig'in doirasida xalqaro o'rtoqlik turnirida ishtirok etadi. Bosh murabbiy tomonidan yig'inga quyidagi futbolchilar jalb etildi:
Darvozabonlar: Olim Shomurodov ("Paxtakor"), Denis Juravlev ("Paxtakor"), Platon Dolskiy ("Lokomotiv").
Himoyachilar: Mashhurbek Abdisoliev ("Nasaf"), Adis Abdunabiev ("Oqtepa"), Abubakir Rahimov ("Ahmedov" FK), Sunnat Ibragimov ("Paxtakor"), Mirjamol Anvarov ("Ahmedov" FK), Azizbek Qarshiev (Navoiy FA), Jahongirmirzo O'ktamboev ("Bunyodkor"), Elsevar Olimov ("Zamin"), Sarvar Rahimov ("Nasaf").
Yarim himoyachilar: Farruh Hayitmurodov ("Paxtakor"), Muhammadali O'roqov ("Do'stlik"), Amirxon Erkinov ("Ahmedov" FK), Muhammadjon Mamatov ("Paxtakor"), Islom Ravshanov ("Paxtakor"), Odilxon Orifxonov ("Ahmedov" FK), Mirkomil Murodov ("Bunyodkor").
Hujumchilar: Suhrob Sadirjonov ("Paxtakor"), Ahrorbek Ravshanbekov (Andijon FA), Laziz Abduraimov ("Zamin"), Muhammadjon Mansurov ("Chig'atoy"), Bilol Qurbonov ("Paxtakor"), Rustam Aliev ("Surxon"),
O'rtoqlik turniridan o'rin olgan uchrashuvlar:
8 oktyabr
O'zbekiston — Saudiya Arabistoni
11 oktyabr
Yaponiya — O'zbekiston
14 oktyabr
Yaponiya — Saudiya Arabistoni