O'zbekiston U-16 terma jamoasi 2-liga vakili OKMK jamoasiga qarshi nazorat o'yinida maydonga tushdi. Uchrashuvda Sergey Chigodaev shogirdlari 6:1 hisobida g'alabaga erishishdi.

Terma jamoaning gollariga Laziz Abduraimov, Rustam Aliev, Sog'inch Marupov, Habib Toxirov, Farruh Hayitmurodov va Sunnat Ibragimov mualliflik qildi.

Boshlang'ich tarkib: Olim Shomurodov, Mirjamol Anvarov (s), Mashhurbek Abdisoliev, Abubakir Rahimov, Jahongirmirzo O'ktamboev, Islom Ravshanov, Amirxon Erkinov, Muhammad Mamatov, Suhrob Sadirjonov, Ahrorbek Ravshanbekov, Laziz Abduraimov.

Zaxiradan qo'shilganlar: Platon Dolskiy, Sunnat Ibragimov, Nurmuhammad Fazliddinov, Adis Abdunabiev, Odilxon Orifxonov, Sog'inch Marupov, Mirkomil Murodov, Farruh Hayitmurodov, Habib Qayumov, Habib Toxirov, Rustam Aliev, Denis Juravlev.

Eslatib o'tamiz, o'smirlarimiz bugun tunda Chernogoriya hamda Vengriyaga qarshi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etish uchun Podgoritsa shahriga jo'nab ketadilar.

Manba: https://t.me/FAUzbekistan