O'zbekiston terma jamoasining sobiq futbolchisi JCh pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatlarini baholadi

O'zbekiston terma jamoasining sobiq futbolchisi Andrey Fyodorov milliy jamoaning jahon chempionati – 2026 pley-off bosqichiga yo'l olish imkoniyatlari borasida o'z fikri bilan o'rtoqlashdi.
«O'zbekiston guruhdan mutlaqo chiqa olmaydi, deb ayta olmayman. Pley-offga chiqish uchun hali kichik umid bor. Buning uchun DR Kongoni mag'lub etish kerak», — deya Fyodorovning so'zlarini keltiradi «Metaratings.ru» nashri.
Jahon chempionati guruh bosqichida o'tkazilgan ikkita uchrashuvdan so'ng O'zbekiston terma jamoasi hali ochko jamg'ara olmadi va so'nggi o'rinni egallab turibdi. DR Kongoga qarshi o'yin yakshanba kuni, 28 iyun kuni bo'lib o'tadi. Bosh hakamning start hushtagi Toshkent vaqti bilan soat 4:30 da yangraydi.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar