Jahon chempionati–2026 guruh bosqichidagi Portugaliya — O'zbekiston uchrashuvi musobaqa doirasidagi eng yuqori reytingga ega translyatsiyaga aylandi. Bu haqda «Qazsport» telekanali ma'lum qildi.

K Research Central Asia ma'lumotlariga ko'ra, ushbu o'yinni telekanal va rasmiy sayt orqali qariyb 2 million tomoshabin kuzatgan. Translyatsiya reytingi 4,76 foiz, auditoriya ulushi esa 45,1 foizni tashkil etgan.

Jahon chempionatining eng mashhur beshta translyatsiyasi quyidagicha ko'rinish olgan:

  1. Portugaliya — O'zbekiston — reyting 4,76%, auditoriya ulushi 45,1%;

  2. Portugaliya — Kongo DR — reyting 3,61%, auditoriya ulushi 37,8%;

  3. Argentina — Avstriya — reyting 3,42%, auditoriya ulushi 33,5%;

  4. Ispaniya — Kabo-Verde — reyting 2,88%, auditoriya ulushi 24,1%;

  5. Germaniya — Kyurasao — reyting 2,86%, auditoriya ulushi 32,5%.

Eslatib o'tamiz, Portugaliya — O'zbekiston bahsi portugaliyaliklarning 5:0 hisobidagi yirik g'alabasi bilan yakunlangan edi. Uchrashuvda Krishtianu Ronaldu dubl muallifi bo'lgan.

 

Manba: Stadion.uz