O'zbekiston terma jamoasi sobiq hujumchisi: "Mundial saralashida baribir avlodlar almashinuviga duch kelamiz"

Aytish mumkinki, Fabio Kannavaro mazkur bahslarda nisbatan yoshargan tarkibni maydonga tushirdi.
O'zbekiston milliy terma jamoasi sobiq hujumchisi Jafar Irismetov bu borada o'zining xulosalarini bildirdi.
"Terma jamoamizda o'sish juda katta. Hozir Eron bilan bemalol tengma-teng o'ynayapmiz, yutyapmiz, Suriyani esa xotirjam mag'lub etmoqdamiz. Janubiy Koreya bilan bahsda ham yomon futbol ko'rsatmadik, faqat individual xatolar pand berdi.
Tarkibning yoshartirilayotganiga juda ijobiy baho beraman. Masalan, Behruz Karimov jamoaga juda tez kirishib ketdi. Kelajakda - navbatdagi Jahon chempionati saralashida baribir avlodlar almashinuviga duch kelamiz. Yoshlarni hozir sinovdan o'tkazib olmasak, qachon ko'rib olamiz? Menimcha, tarkibga yanada ko'proq yoshlarni jalb etish lozim. Hozirgi terma jamoaning o'yini ko'pchilikka manzur bo'lmoqda",- deydi Jafar Irismetov.
Kommentariyalar