O'zbekiston terma jamoasi Niderlandiyaga qarshi o'yin o'tkazishi mumkin

Fabio Kannavaro boshchiligidagi O'zbekiston milliy terma jamoasi Jahon chempionati-2026 oldidan Evropaning eng nufuzli terma jamoalaridan biriga qarshi o'yin o'tkazishi mumkin.
UzA mehmoni bo'lgan Alisher Nikimbaevning aytishicha, hozirda O'FA rahbariyati Niderlandiya Qirollik futbol uyushmasi bilan JChga yaqin o'yin o'tkazish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
Iyun oyi boshida "oq bo'rilar" Kanada bilan o'ynashi aniq. Katta ehtimol bilan Niderlandiya bilan uchrashuv shundan so'ng o'tkaziladi.
Ma'lumot o'rnida, Ronald Kuman shogirdlari mundialda «F» guruhida Yaponiya, Tunis va pley-off g'olibiga qarshi o'yinlar o'tkazadi.
O'zbekistonning «K» guruhidagi raqiblari Portugaliya va Kolumbiya bo'ladi. Yana bir terma jamoa pley-off orqali aniqlanadi.