O'zbekiston Professional futbol ligasi Superliganing 2025-yilgi mavsum ramziy jamoasini e'lon qildi. Video to'liq sun'iy intellekt tomonidan yaratilgan.

Mavsum chempioni “Neftchi” hamda “Paxtakor”dan 3 nafardan futbolchi tanlab olingan. “Dinamo”dan 2 nafar, shuningdek, “Nasaf”, “OKMK” va “So'g'diyona”dan bir nafardan futbolchi ramziy jamoadan o'rin olgan.

Superliga–2025 mavsum ramziy jamoasi:

Darvozabon:
Vladimir Nazarov (“Paxtakor”)

Himoyachilar:
Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”),
Anvar G'ofurov (“Neftchi”),
Jahongir O'rozov (“Dinamo”)

Yarimhimoyachilar:
Ikrom Aliboev (“Neftchi”),
Ratinyo (“Dinamo”),
Oybek Bozorov (“Nasaf”),
Jamshid Iskanderov (“Neftchi”),
Xurshid G'iyosov (“OKMK”)

Hujumchilar:
Lyupcho Doriev (“So'g'diyona”),
Igor Sergeev (“Paxtakor”)

Bosh murabbiy: Kamoliddin Tojiev (“Paxtakor”)

Ma'lumot uchun, 2025-yilgi mavsum O'zbekiston Superligasida Farg'onaning “Neftchi” klubi bosh sovringa ega chiqdi. Vitaliy Levchenko boshchiligidagi jamoa mavsum yakuniga bir tur qolganda chempionlikni rasmiylashtirdi.

Manba: daryo.uz