O'zbekiston sharafini kelasi mavsum Osiyo maydonlarida himoya qiladigan jamoalar aniq bo'ldi

Farg'onaning "Neftchi" jamoasi kecha Superliga 29-turida Navoiyning "Qizilqum" jamoasini yirik 4:1 hisobida mag'lub etib, muddatidan avval mamlakat chempioni bo'ldi.
Endi farg'onaliklar kelasi mavsumda O'zbekiston sharafini Elit Osiyo Chempionlar ligasida himoya qiladi.
O'zbekiston kubogi finalida "Buxoro"ni enggan "Paxtakor" esa OChL2 turnirida mamlakatimiz nomidan ishtirok etadi.
Manba: www.stadion.uz.