O'zbekiston Niderlandiyaga qarshi ikkinchi o'yinda g'alaba qozondi

O'zbekiston milliy terma jamoasi Niderlandiyaga qarshi ikkinchi nazorat uchrashuvini o'tkazdi. Unda jamoalar zaxira tarkib futbolchilar xizmatidan foydalandi.
Bahsda o'zbekistonliklar 2:1 hisobida g'alaba qozonishdi. Jamoamizning gollariga Azizbek Amonov va Avazbek O'lmasaliev mualliflik qilishdi.
Niderlandiya - O'zbekiston - 1:2
Gollar: Amonov, O'lmasaliev
Uchrashuvda maydonga tushgan futbolchilar: Ergashev, Ne'matov, Eshmurodov, Abdullaev, Karimov, Esanov, Jiyanov, O'lmasaliev, Rahmonaliev, Jaloliddinov, Amonov, Temirov, Sergeev, Iskanderov, Hamdamov.
Eslatib o'tamiz, uchrashuv tomonlarning kelishuviga muvofiq yopiq eshiklar ostida o'tdi hamda har bir bo'lim 30 daqiqadan davom etdi.
Manba: fcdinamo.uz