Jahon chempionatiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston milliy terma jamoasi poytaxtdagi yig'in doirasida Termizning “Surxon” klubiga qarshi nazorat o'yinini o'tkazdi.

Fabio Kannavaro shogirdlari uchrashuvda raqib darvozasiga javobsiz to'rtta gol yo'llashdi. O'yinning 22-daqiqasida Igor Sergeev hisobni ochgan bo'lsa, ikkinchi bo'limda Dostonbek Hamdamov hamda dubl qayd etgan Azizbek Amonov g'alabani yirik ko'rinishga keltirishdi.

Nazorat o'yini

O'zbekiston MTJ — “Surxon” — 4:0

Gollar: Igor Sergeev 22’, Dostonbek Hamdamov 51’, Azizbek Amonov 61’, 82’.

Ta'kidlash joizki, ushbu bahs murabbiylar shtabi xohishiga ko'ra "yopiq eshiklar ortida" tashkil etildi.