O'zbekiston milliy jamoasiga hujumchilar bilan ishlash bo'yicha murabbiy jalb etildi

Italiyalik sobiq futbolchi Rolando Byanki O'zbekiston milliy jamoasi murabbiylar shtabida ish boshladi. Mutaxassis terma jamoada hujumchilarni tayyorlash jarayoniga ko'maklashadi.
Ma'lumot uchun, Rolando Byanki futbolchilik faoliyati davomida «Atalanta», «Kalyari», «Redjina», «Manchester Siti», «Torino», «Bolonya» va «Malorka» kabi klublar sharafini himoya qilgan. Shuningdek, turli yoshdagi Italiya terma jamoalarida ham to'p surgan.
Manba: https://t.me/FAUzbekistan