Shu yilning noyabr oyida Tailandda bo'lib o'tadigan an'anaviy King’s Cup (Qirol kubogi) xalqaro turnirida Osiyoning to'rtta terma jamoasi, xususan, O'zbekiston ham qatnashishi mumkin. Bu haqda Theaseanfootball nashri xabar berdi

Arab ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, musobaqa ishtirokchi jamoalar uchun 2027-yilda bo'lib o'tadigan Osiyo kubogiga tayyorgarlik vazifasini o'taydi.

Turnirda qatnashishi kutilayotgan ehtimoliy jamoalar ro'yxati:

O'zbekiston (FIFA reytingida 50-o'rin)
Ummon (79-o'rin)
Bahrayn (92-o'rin)
Tailand (94-o'rin)

“Agar ushbu ishtirokchilar ro'yxati rasman tasdiqlansa, musobaqa yuqori raqobat ostida o'tadi. Barcha terma jamoalar ushbu turnirdan Saudiya Arabistonida o'tkaziladigan qit'a birinchiligi oldidan muhim tayyorgarlik va sinov bosqichi sifatida foydalanishni maqsad qilgan”, deyiladi manbada.

Eslatib o'tamiz, 2027-yili Saudiya Arabistoni mezbonlik qiladigan Osiyo Kubogi 7 yanvaridan 5 fevraliga qadar bo'lib o'tadi. O'zbekiston terma jamoasi B guruhidan joy olgan bo'lib, ularga Bahrayn, KXDR va Iordaniya raqiblik qiladi.

Manba: Stadion.uz