Ertaga O'zbekiston milliy terma jamoasi Kuvaytga qarshi o'rtoqlik o'yinida maydonga tushadi.

Ushbu bahsni qirg'izistonlik Mederbek Taychiev boshqarib boradi. Unga qanotlarda Ismailjan Talipjanov (Qirg'iz Respublikasi) va Eldos Murzabekov (Qirg'iz Respublikasi) yordam beradi. 4-rasmiy hakam sifatida Asker Najafaliev (O'zbekiston), VARda esa Abdurashid Xudoyberganov (O'zbekiston) faoliyat yuritadi.

Eslatib o'tamiz, mazkur uchrashuv ertaga 9 oktyabr kuni “Olimpiya” stadionida soat 18:00 da start oladi.

Manba: uzfhm.uz
FIKRLAR

Kommentariyalar

0 ta fikr
Hozircha kommentariya yo‘q. Birinchi bo‘lib fikr bildiring.