O'zbekiston Kubogi. "Paxtakor" yarim finalga yo'l oldi

O'zbekiston Kubogi chorak finaldan o'rin olgan "Paxtakor" - "Mash'al" uchrashuvi yakuniga etdi.
Ushbu bellashuvda Kamoliddin Tojiev shogirdlari 3:1 hisobida g'alaba qozonib, yarim finalga yo'l oldi.
"Paxtakor" — "Mash'al" 3:1
26.08.2025 yil, soat 20:00
Toshkent, JAR stadioni
Gollar: Flamarion 10, 45, Igor Sergeev 45+4, 3:0, Humoyun Murtozaev penalti) 85.
"Paxtakor": Vladimir Nazarov, Zaid Tahsin (Muhammadqodir Hamraliev,46), Ibrohim Ibragimov (Behruz Asqarov, 60), Aziz Turg'unboev, Igor Sergeev (Dostonbek Hamdamov, 76), Xojimat Erkinov, Bashar Resan (Brayan Riaskos,59), Abdurauf Bo'riev, Flamarion (Diyor Xolmatov, 46), Muhammadrasul Abdumajidov, Dilshod Saitov
"Mash'al": Umidjon Hamroev, Islombek Baratov (Anvar Murodov,64), Sardor Abduraimov, Ibrohim G'anixonov (Nuriddin Nuriddinov, 64), Humoyun Murtozaev, Nurjahon Muzaffarov (Javohir Abdualimov, 64), Avazxon Mamatxo'jaev, Ergash Ismoilov, Shahboz Jo'raev, Sherzod Fayziev (Umar Aminu,46), Dmitriy Yashin.
Ogohlantirishlar: Flamarion 29, Ibrohim G'anixonov 37.