O'zbekiston Kubogi. "Lokomotiv" penaltidan urilgan gol evaziga "Bunyodkor"ni musobaqadan chiqarib yubordi

O'zbekiston Kubogi
1/8 final
“Bunyodkor” – “Lokomotiv” 0:1
Toshkent. “Lokomotiv” stadioni. 18:30
Gol: Jasur Yaxshiboev (penalti) 30, 0:1
“Bunyodkor”: 16.Federiko Botti, 3.Sardor Rahmonov, 10.Amir To'raqulov, 11.Sardor Abdunabiev (97.Muhammadali Adhamov, 77), 18.Narimon Ahmadjonov, 20.Abdulfayz Bobomurodov ( 39.Fahriddin Muhammadov,46), 21.Nosir Abdusalomov, 42.Abdulhamid Ikromov, 44.Alijon Bekmurotov, 45.Shamsiddin Tursunmahammadov, 88.Mirkomil Annamatov (33.Eldor Nayimov, 74)
Zaxira: 1.Abdumavlon Abdujalilov, 19.Mirkomil Murodov, 27.Islom Anvarov, 31.Abdurahmon Sulaymonov, , 56.Abdulqodir Mirfayziev, 74.Ivan Bukrin,
“Lokomotiv”: 1.Aleksey Kozlov, 8.Bilol Tupliev, 11.Temurxo'ja Abduxoliqov, 17.Sardor Mirzaev, 18.Aleksandr Kucherenko (15.Aleksandr Shushnyar,64) 22.Sunnatilla Poyonov, 23.Diyor Turopov (30.Jafar Bahodirov, 64), 26.Abdulloh Yo'ldoshev, 28.Shuhrat Muhammadiev, 14.Nikolay Ivanov, 99.Jasur Yaxshiboev (9.Suhrob Nurulloev,64)
Zaxira: 12.Nikita Shevchenko, 7.Quvonch Abraev, , 21.Ilya Yyelichich, 27.Ozodbek O'ktamov, 44.Muhammad Habibullaev.
Ogohlantirish: Abdulloh Yo'ldoshev (“Lokomotiv”) 40, Ozodbek O'ktamov (“Lokomotiv”) 85
Uchrashuv yakunlandi.
90. Ikkinchi bo'limga 2 daqiqa qo'shib berildi.
87. ZARBA. "Bunyodkor” futbolchisi Abdulhamid Ikromovning jarima zarbasini Kozlov qaytardi.
86. “Bunyodkor” jarima zarbasini ishladi.
85. OGOHLANTIRISH. Ozodbek O'ktamov, “Lokomotiv”
81. O'ZGARISH. “Lokomotiv”, Bilol To'pliev o'rniga Quvonchbek Abraev, Sardor Mirzaev o'rniga Ozodbek O'ktamov tushdi.
77. O'ZGARISH. “Bunyodkor”, Sardor Abdunabiev o'rniga Muhammadali Adhamov tushdi.
75. Kozlov jamoasining joniga oro kirdi.
75. ZARBA. To'raqulovning zarbasi darvozabon qaytardi. Burchak to'pi.
74. O'ZGARISH. “Bunyodkor”, Mirkomil Annamatov o'rniga Eldor Naimov tushdi.
71. Bottidan yana bir seyv. Bilol Tupliev jarima maydonchasi ichiga yaxshi uzatma bergandi. Zarbani mehmonlar kiperi qaytardi.
64. O'ZGARISH. “Lokomotiv”, Kucherenko o'rniga Shushnyar, Yaxshiboev o'rniga Nurulloev, Turopov o'rniga Bahodirov tushdi.
58. ZARBA. Yaxshiboevning chiroyli uzatmasini Yo'ldoshev boshi bilan darvozaga to'g'irladi, Bottidan ajoyib seyv.
52. ZARBA. Amir To'raqulovning ijro etgan jarima zarbasini Kozlov qiyinchilik bilan qaytardi.
50. Yaxshiboevning zarbasi Bottiga qiyinchilik tug'dirmadi.
46. O'ZGARISH. “Bunyodkor”, Abdulfayz Bobomurodov o'rniga Faxriddin Muhammadov tushdi.
Ikkinchi bo'lim boshlandi.
Tanaffus!
45. Birinchi bo'limga 1 daqiqa qo'shib berildi.
45. O'ng qanotdan uzatma, yakun samarasiz.
44. UX. Sardor Abdunabiev juda va juda qulay vaziyatda gol ura olmadi.
40. OGOHLANTIRISH. Abdulloh Yo'ldoshev, “Lokomotiv”!
38. Chap qanotdan qulay uzatmani Diyor Turopov golga aylantira olmadi. Uning zarbasi darvoza to'sini tepasidan o'tib ketdi.
30. GOL. Jasur Yaxshiboev 11 metrlik nuqtada adashmadi.
28. PENALTI. “Bunyodkor” darvozasiga. Ivanovga nisbatan jarima maydonchasi ichida qoida buzildi.
27. ZARBA. Sardor Mirzaev to'xtatmay zarba yo'lladi. Botti to'pni egallab oldi.
16. Mezbonlardan xavfli yurish, Turopovdan zarba. Noaniq.
10. “Bunyodkor” o'yin tomonlama yaxshi taassurot qoldirmoqda.
5. “Lokomotiv” stadionidagi internet bilan bog'liq muammo sabab o'yin kech boshlandi.
O'yinga start berildi.
Jamoalar maydonga chiqib kelmoqda.
O'yin 19:30 da start oladi.
Uchrashuv boshlanishiga barcha narsa shay.
Kommentariyalar