29 oktyabr kuni "Paxtakor" 14-kubok yo'lida Andijonda "Buxoro"ga qarshi final bahsida maydonga tushadi.

"Paxtakor" O'zbekiston Kubogida o'z tarixidagi 18-finalda ishtirok etadi. Raqib uchun bu birinchi finalga aylanadi.

Hozirgacha jamoalar kubokda 6 o'yin o'tkazishgan. Ulardan 4tasida "Sherlar", 2tasida buxoroliklar zafar quchishgan. 13 to'p kiritgan "Paxtakor" 5 to'p o'tkazib yuborgan. 1996 yil guruhda 2:0, 2008 yil nimchorak finalda 2:0 va 6:3, 2009 yil chorak finalda 3:0 hisobida jamoamiz g'olib bo'lgan. 2016 yilgi bahslarda "Buxoro" 1:0 hisoblarida ustun kelgan.

"Paxtakor" 4 yillik tanaffusdan keyin yana final bahsida maydonga tushadi. Zaid Tahsin diskvalifikatsiya tufayli o'yinda qatnasha olmaydi.

"Paxtakor" va "Buxoro" o'rtasidagi O'zbekiston Kubogi finali 29 oktyabr, Andijondagi "Bobur Arena" stadionida soat 18:30da boshlanadi.

Manba: pakhtakor.uz