O'zbekiston kubogi 2-turida «Dinamo» Toshkentda «Lokomotiv» bilan bellashdi. O'yin 2:2 hisobida yakunlandi.

Bu jamoalar dastlabki turda mag'lub bo'lishgandi. Natijada ikkisi ham 1 tadan ochkoga ega va keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini saqlab qoldi.

O'zbekiston kubogi. 2-tur
Lokomotiv – Dinamo 2:2
Gollar: Sanjar Qodirqulov, 42 (0:1), Muhammadali Reimov, 45+2 (1:1), Firdavs Abdurahmonov, 52 (1:2), Shodiyor Shodiboev, 87 (2:2)