Samarqand shahridagi tadbirlar tufayli O'zbekiston kubogining ¼ finalidan o'rin olgan "Dinamo" — "Sho'rtan" o'yini 27 avgust kuni bo'lib o'tadi.

Bellashuv 18:30 da start oladi.

Shu kuni Toshkentda "Bunyodkor" — "Buxoro" uchrashuvi ham o'tkaziladi va u 19:00 da boshlanadi. Mazkur uchrashuv yakuniga etishi bilan "Jar" stadionining o'zida O'zbekiston kubogining ½ final bosqichiga qur'a tashlanadi.

Manba: pfl.uz