Osiyo kubogi–2026 final bosqichiga tayyorgarlik ko'rayotgan O'zbekiston milliy futzal terma jamoasi O'FAga qarashli Terma jamoalar markazida Quvayt terma jamoasiga qarshi o'rtoqlik nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

Yopiq eshiklar ortida o'tgan bahsda hamyurtlarimiz 3:1 hisobida g'alaba qozondi.

Nazorat uchrashuvi
O'zbekiston — Quvayt — 3:1
Gollar: Elbek To'lqinov, Sunnatilla Jo'raev, Ixtiyor Ropiev.

Terma jamoamiz tayyorgarlik mashg'ulotlarini mamlakatimizda olib borib, 21 yanvarga o'tar kechasi Indoneziyaga uchib ketadi.

Manba: https://t.me/Futsal_Uzbekistan