O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi hamda Coca-Cola’ning O'zbekistondagi bo'linmasi o'rtasida uzoq yillik strategik hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Uchrashuvda assotsiatsiya rahbariyati, Coca-Cola O'zbekiston bosh direktori Kadzumasa Mukae, Coca-Cola İçecek’ning O'zbekistondagi bosh menejeri Furkan Aydin hamda O'zbekiston milliy terma jamoasi futbolchilari ishtirok etdi.

Tomonlar mamlakatimizda futbolni rivojlantirish, milliy terma jamoalarni qo'llab-quvvatlash va futbol madaniyatini keng ommalashtirishga qaratilgan istiqbolli loyihalarni muhokama qildi.

— Butun dunyoda futbolning eng yaqin hamkori — Coca-Cola. Ushbu hamkorlik O'zbekiston futboli ravnaqiga xizmat qiladi va yanada mustahkamlanib boradi, — dedi Ravshan Irmatov.

Uchrashuv yakunida tomonlar o'rtasida 2030 yilgacha mo'ljallangan strategik hamkorlik shartnomasi imzolandi.

Manba: https://t.me/FAUzbekistan