Kuzgi xalqaro tanafsusdan so'ng yangilangan FIFA reytingida O'zbekiston terma jamoasi bir pog'ona yuqoriladi va 59-o'ringa chiqdi.

Dastlabki 4 ta o'rin o'zgarishsiz qoldi. Portugaliya terma jamoasi 2 pog'ona yuqorilab, 5-o'ringa ko'tarilib oldi.

Braziliya va Marokash terma jamoalari bir pog'onadan yo'qotib, mos ravishda 6 va 7-o'rinlarni egallab turibdi. Germaniya va Xorvatiyada ham shunday vaziyat kuzatildi, ular endi tegishlicha 13 va 14-pog'onalardan joy olishgan. Ukraina esa uch pog'ona pastlab, 36-o'rinda bormoqda.

1.Ispaniya

2.Argentina

3.Fransiya

4.Angliya

5.Portugaliya

6.Braziliya

7.Marokash

8.Belgiya

9.Niderlandiya

10.Meksika.

Osiyo jamoalari reytingi (TOP 10)

17.Yaponiya

23.Eron

26.Avstraliya

32.Koreya Respublikasi

55.Saudiya Arabistoni

59.O'zbekiston

60.Qatar

63.Iroq

65.BAA

72.Iordaniya