Birlashgan Arab Amirliklarida «Al-Ain Cup» kichik o'rtoqlik turnirida finalchilar nomi aniq bo'ldi.

Hal qiluvchi bahsda Misrni mag'lub etgan (2:0) O'zbekiston terma jamoasi penaltilar seriyasida Kabo-Verdedan ustun kelgan Eronga qarshi maydonga chiqadi.

O'zbekiston va Eron o'rtasidagi mazkur o'yin 18 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan 21:00'da «Hazza Bin Zayed» stadionida start oladi.

Manba: www.stadion.uz.