O'zbekiston delegatsiyasi Islom birdamlik o'yinlarida 96 ta medal bilan umumjamoa hisobida 2-o'rinni egalladi!

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahri mezbonlik qilgan VI Islom birdamlik o'yinlari o'z yakuniga etdi. Unda o'zbekistonlik sportchilar yuqori mahorat namoyish etib, yurtimiz nomini munosib himoya qilishdi.
Musobaqa natijalariga ko'ra O'zbekiston terma jamoasi 29 ta oltin, 35 ta kumush va 32 ta bronza jami 96 ta medalni qo'lga kiritib, umumiy hisobda Turkiyadan keyin ikkinchi o'rinni egalladi.
