O'zbekiston boks bo'yicha Osiyo chempionatini 3 ta oltin medal bilan yakunladi

Mo'g'uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida boks bo'yicha Osiyo chempionatining erkaklar o'rtasidagi bellashuvlari o'z yakuniga etdi. Musobaqaning final janglaridan so'ng barcha vazn toifalarida g'olib va sovrindorlar nomi ma'lum bo'ldi.
O'zbekiston boks terma jamoasi Osiyo chempionatini 3 ta oltin medal bilan yakunladi. Musobaqada ishtirok etgan o'zbekistonlik charm qo'lqop ustalari umumiy hisobda 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo'lga kiritdi.
Oltin medal
-65 kg: Abdulloh Madaminov
-80 kg: Fazliddin Erkinboev
-90 kg: Halimjon Mamasoliev
Kumush medal
-75 kg: Javohir Abdurahimov
-85 kg: Jasurbek Yo'ldoshev
Bronza medal
-60 kg: Abdurahmon Mahmudjonov
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston ayollar terma jamoasi musobaqani 2 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan yakunlagan edi.
Shu tariqa, O'zbekiston delegatsiyasi Mo'g'ulistonda o'tgan Osiyo chempionatini jami 11 ta medal bilan yakunladi – 3 ta oltin, 4 ta kumush va 4 ta bronza bilan yakunladi.
Musobaqada to'liq tarkibda (20 nafar bokschi) ishtirok etgan O'zbekiston umumjamoa hisobida Qozog'iston (6 ta oltin, 2 ta kumush, 5 ta bronza) va Hindiston (5 ta oltin, 3 ta kumush, 8 ta bronza) bokschilaridan so'ng 3-o'rinni egalladi.