O'zbekiston ayollar terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Tojikistonda erkaklar klubini boshqaradigan bo'ldi

O'zbekiston ayollar terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Sherali Boboqulov Tojikiston Oliy ligasida ishtirok etuvchi «Istravshan» klubiga bosh murabbiy etib tayinlandi.
O'zbek mutaxassisi bu lavozimda mavsum boshidan buyon jamoani boshqarib kelgan tojikistonlik Shuhrat Shamsiev o'rnini egalladi.
Boboqulov uchun bu tayinlov professional erkaklar futbolidagi ilk tajriba hisoblanadi. Uning shartnomasi joriy yil oxirigacha mo'ljallangan. Murabbiy oldiga klubni ligadagidan chiqib ketishdan saqlab qolish vazifasi qo'yilgan.
19 oktyabr kuni Boboqulov rahbarligidagi ilk o'yinda «Istaravshan» kutilmaganda Liga etakchilaridan biri — dushanbelik TsSKAni 2:1 hisobi bilan mag'lub etdi.
Qayd etish lozim, «Istaravshan» tarkibida to'rt nafar o'zbek futbolchisi to'p surmoqda.
Sherali Boboqulov bir necha yil davomida O'zbekiston ayollar terma jamoasi hamda Jizzaxning «So'g'diyona-W» klubini boshqargan. 2021 yilda u O'zbekiston ayollar futbolida yilning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan. Uning qo'l ostida «So'g'diyona» mamlakat chempionati va Kubogini, shuningdek, OFK ayollar klublar chempionligini qo'lga kiritgan.