WTA reytingida 109-o'rinda borayotgan professional tennischi Kamilla Rahimova endilikda xalqaro turnirlarda O'zbekiston bayrog'i ostida ishtirok etadi.

Kamilla Rahimova haqida:

• 24 yoshda, Ekaterinburgda tug'ilgan
• Oilasi O'zbekiston bilan bog'liq: onasi — sobiq O'zbekiston terma jamoasi tennischisi
• Yakkalikdagi eng yaxshi reyting ko'rsatkichi: №60
• Juftlikdagi eng yaxshi reyting ko'rsatkichi: №51
• 3 ta WTA juftlik tituli, WTA 125 musobaqasi yakkalik g'olibasi
• "Katta Dubulg'a"da bir necha bor 3-bosqichga etib borgan
• 2025 yilda Uimbldonda dunyoning 5-raqami Paolini ustidan g'alaba qozongan

Kamilla Rahimova terma jamoaga qo'shilishi bilan O'zbekiston ayollar tennisi yangi darajaga ko'tariladi. Endi mamlakat "Katta Dubulg'a", WTA va Billie Jean King Cup'da raqobatbardosh tarkib bilan kurashadi.

OTF bosh kotibi Sardor Kamilov:
"Bu — tarixiy voqea bo'ldi. Kamilla bizga katta kuch bag'ishlaydi."

Manba: https://t.me/komiljon_jumayev