O'zbekiston milliy jamoasi Kanada va Niderlandiyaga qarshi o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazib, har ikki bahsda yutqazdi.

Buning natijasida O'zbekiston FIFA reytingida jami 6,6 ball yo'qotdi:

Kanadaga qarshi bahsda — 4.13 ball.
Niderlandiyaga qarshi o'yinda — 2.47 ball.

Natijada O'zbekistonning ayni paytdagi ochkolari soni 1,458.73 ballni tashkil etmoqda. Shunga qaramay, jamoamiz FIFAning onlayn reytingida o'zi egallab turgan 50-pog'onani saqlab qoldi.

Manba: @futbol_qoidalar