O'Xara - "Chelsi" muammolari haqida: "Siz o'zingiz tajribasiz o'yinchilarni to'pladingiz"

Angliyalik sobiq futbolchi Jeymi O'Xara "Chelsi"dagi muammolar haqida gapirdi. Shanba kuni "ko'klar" o'z uyida Premer-liga doirasida "Brayton"ga imkoniyatni boy berdi (1:3). Chempionatning so'nggi uchta o'yinida Entso Mareska jamoasi atigi bir ochko to'pladi.
"Hamma doim aytadi: "Bu yosh jamoa, vaqt kerak." Ammo avvallari "Chelsi" doim g'alaba qozonardi, klubda o'ziga xoslik bor edi. Har doim ham yosh tarkib bilan o'zingni oqlay olmaysan - bu tajribasiz futbolchilarning barchasini o'zingiz sotib oldingiz", - deya O'Xaraning so'zlarini keltiradi talkSPORT.
"Chelsi" olti turdan so'ng 8 ochko jamg'argan holda APL turnir jadvalida sakkizinchi o'rinda bormoqda.