O'zbekiston milliy terma jamoasi darvozaboni O'tkir Yusupov Avstriyada tizzasida o'tkazilgan jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli tarzda yakunladi.

Bugun futbolchimiz davolanish olib borilgan klinikadan chiqadi va reabilitatsiya jarayonini «Armonia» nomli maxsus tibbiy markazda davom ettiradi. Tiklanish jarayoni malakali mutaxassislar nazorati ostida amalga oshiriladi.

O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi O'tkir Yusupovga tez orada to'liq sog'ayib, yana maydonga qaytishini tilab qoladi.

Manba: https://t.me/FAUzbekistan
FIKRLAR

Kommentariyalar

0 ta fikr
Hozircha kommentariya yo‘q. Birinchi bo‘lib fikr bildiring.