O'tgan turda avtogoli bilan "Nyukasl" mag'lubiyatiga sababchi bo'lgan Voltemade "Chelsi"ga qarshi o'yin qahramoni bo'lmoqda (Video)

Angliya Premer-ligasi 17-turidan o'rin olgan "Nyukasl" - "Chelsi" uchrashuvi davom etmoqda.
"Sent-Jeyms Park"da o'tayotgan bahsda hozircha hisob - 2:0. Mezbonlar foydasiga.
Hujumchi Nik Voltemade 4 va 20-daqiqalarda "aristokratlar" darvozasiga yo'l topdi.
Bu Voltemade uchun "Nyukasl" safidagi ilk dubl bo'ldi. Qizig'i, o'tgan turda nemis avtogol muallifiga aylangandi. O'shanda Voltemade "Sanderlend"ga qarshi tayn-Uir derbisida o'z darvozasiga boshi bilan to'p kiritib qo'yib, jamoasining mag'lubiyatiga sababchi bo'lgandi.
???????? NICK WOLTEMADE SCORES AGAINST CHELSEA ⚽️
— New Ballers (@newballers7) December 20, 2025
BIG NICK ????
pic.twitter.com/9lmPPblDhN
???????? NICK WOLTEMADE SCORES AGAIN ⚽️
— New Ballers (@newballers7) December 20, 2025
WORLD CLASS STRIKER ????
pic.twitter.com/nSZb6DkCLK