O'tgan mavsumning eng yaxshi klubi aniqlandi

"PSJ" "Oltin to'p" topshirish marosimida 2024/25 yilgi mavsum yakunlari bo'yicha eng yaxshi klub deb topildi.
Frantsuz klubi "Barselona", "Botafogo", "Chelsi" va "Liverpul"ni ortda qoldirdi.
"PSJ" o'tgan mavsumda Frantsiya chempioni, mamlakat Kubogi va Superkubogi sohibi, Chempionlar Ligasi va UEFA Superkubogi g'olibi bo'ldi.
Eng yaxshi ayollar futbol klubi "Arsenal" bo'ldi.