Ma'lumki, joriy yilning 22-31 oktyabr kunlari Bahraynda o'smirlar o'rtasidagi III Osiyo o'yinlari tashkil etiladi.

O'yinlar dasturiga muvofiq, qit'aning yosh sportchilari 24 ta sport turida g'oliblik uchun kurash olib boradi. Kompleks turnirda qit'amizning 45 ta mamlakat sport delegatsiyalari ishtirok etish uchun talabnomalarni taqdim etgan.

Kuni kecha III Osiyo o'yinlari tashkiliy qo'mitasi musobaqalarda ishtirok etadigan sportchilarning yosh toifasi bo'yicha ma'lumotni e'lon qildi.

Unga ko'ra, Bahraynda kechadigan bahslarda 14-18 yoshli sportchilar qatnashishi belgilandi. Xususan, engil atletika va taekvondo WT bahslarida yosh toifalari 15-16, voleybol, stol tennisi va basketbolda 14-16, dzyudoda 16, sport kurashlarida esa 15-17 yoshni tashkil etishi tasdiqlandi.