Toshkentda shu kunlarda qilichbozlik bo'yicha o'smir kadetlar o'rtasidagi Osiyo kubogi o'tkazilmoqda.

Turnirda 11 mamlakatdan 200 nafardan ortiq sportchi bahs olib boryapti.

Dastlabki kun qilichbozlar rapira bo'yicha yakkalik yo'nalishida bellashishdi. Qizlar o'rtasida kechgan bahslarda hamyurtlarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etib, 1 tadan oltin, kumush va bronza medallariga sazovor bo'ldilar. Yigitlarimizga esa biroz omad etishmadi.

Oltin medal:

Salima Ro'zieva.

Kumush medal:

Bibiaisha Husanboeva.

Bronza medal:

Perizat Mauinbergenova.

Manba: olympic.uz