O'rtoqlik uchrashuvi: Turkiya AQShdagi o'yinda Venesuela ustidan irodali g'alabaga erishdi

Turkiya terma jamoasi Amerikaning Fort-Loderdeyl shahrida bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida Venesuela jamoasini 2:1 hisobida mag'lub etdi.
O'yinning 13-daqiqasida venesuelaliklar hujumchisi Gleyker Mendosa hisobni ochdi. 44-daqiqada esa Turkiya terma jamoasi forvardi Barish Yilmaz javob to'pini kiritdi.
54-daqiqada hujumchi Yunus Akgyun Venesuela terma jamoasi darvozasiga ikkinchi golni urib, jamoasiga g'alaba keltirdi.
JCh-2026 final bosqichining guruh bosqichida Turkiya AQSh, Paragvay va Avstraliya terma jamoalari bilan kuch sinashadi.
Manba: www.stadion.uz.