O'rtoqlik uchrashuvi. «So'g'diyona» Janubiy Koreya klubi bilan durang o'ynadi

Turkiyadagi yig'in doirasida o'tkazilgan ikkinchi nazorat uchrashuvida "So'g'diyona" Janubiy Koreyaning "Kongvon" jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvda hisob ochilmadi.
Bahsning dastlabki bo'limida maydonga quyidagi futbolchilar tushishdi:
Nikola Mirkovich, Zoir Jo'raboev, Filip Ivanovich, Islom Qobilov, Abdulaziz Abdurashidov, Otabek Jo'raqoziev, Javohir Qahramonov, Suxrob Izzatov, Lyupcho Doriev, Aleksandr Bolevich va Feysal Mulich.
Ikkinchi bo'limda esa ushbu futbolchilar tushirildi: Tohir To'xtasinov, Nodir Soyibov, Muhammadayub Omonov, Oybek Nurmatov, Ulug'bek Kenjaev, Ollobergan Karimov, Abduazim Ortiqov va Kamoliddin Karimov harakat qilishdi.
Manba: https://t.me/pfcsogdianauz