O'rtoqlik uchrashuvi: «Manchester Yunayted» «Reksxem»ga mag'lub bo'ldi

«Manchester Yunayted» 2026/2027 yilgi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Shanba kuni Maykl Kerrik jamoasi «Reksxem»ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazdi. O'yin Xelsinkidagi (Finlyandiya) Olimpiya stadionida bo'lib o'tdi.
Tabiiyki, «Manchester Yunayted» yaqqol favorit hisoblanardi, ammo g'alaba «Reksxem»ga nasib etdi. Yagona gol muallifi birinchi bo'lim so'ngida o'z hisobiga gol yozdirib qo'ygan Sem Smit bo'ldi.
«Manchester Yunayted» o'tgan mavsumda Premer-ligada uchinchi o'rinni egallagan edi. «Reksxem» esa o'z navbatida Chempionshipda ettinchi o'rinda mavsumni yakunladi.
APL yangi mavsumidagi birinchi o'yinini «Manchester Yunayted» 22 avgust kuni safarda «Xall Siti»ga qarshi o'tkazadi.
«MANChESTER YuNAYTED» — «REKSXEM» — 0:1
Gol: Sem Smit 39’ (0:1).
«Manchester Yunayted»: Tom Xiton (Radek Vitek, 46), Eyden Xeven, Leni Yoro (Jeykob Devani, 46), Garri Maguayr (Garri Fiorentino, 46), Lyuk Shou (Deniel Armer, 46), Andrey Santos (Tayler Fletcher, 47), Meyson Maunt (Shi Leysi, 47), Jek Fletcher, Brayan Mbeumo (Itan Uitli, 47), Patrik Dorgu (Deniel Gor, 47), Joshua Zirkzee (Itan Uilyams, 47).
Zaxira: Chido Obi, Brendon Uilyams, Jim Tueyts, Garri Amass, Jeydan Kamason, Tobi Koler, Dermot Mi.
«Reksxem»: Artur Okvonko, Kris Doyl, Sem Smit, A. Jeyms, D. Skarr, Z. Vayner, N. Brodhed, L. O'Brayen, J. Tomason, A. Mur, B. Kadamarteri.
Zaxira: R. Ouen, Kris Mur, D. Edvards, T. Kleyton.
Manba: Stadion.uz
Kommentariyalar