O'rtoqlik uchrashuvi: Italiya terma jamoasi safarda Gretsiyani mag'lub etdi

Italiya terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvida safarda Gretsiya terma jamoasi ustidan 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Uchrashuv Iraklion shahrida bo'lib o'tdi.
O'yinning 18-minutida Franchesko Espozito gol urib, hisobni ochdi. Mehmonlar 68-minutda Luka Rejani chetlatilganidan keyin maydonda bir kishi kam bo'lib harakat qilishdi.
Ma'lumot uchun, Italiya va Gretsiya terma jamoalari 2026 yilgi Jahon chempionati saralash bosqichidan o'ta olishmagan.