Frantsiya terma jamoasi AQShdagi «Djilett» stadionida bo'lib o'tgan o'rtoqlik uchrashuvida Braziliyani 2:1 hisobida mag'lub etdi.

O'yinning 32-daqiqasida hujumchi Kilian Mbappe hisobni ochdi. Ikkinchi bo'lim boshida himoyachi Dayo Upamekano qizil kartochka olib maydondan chetlatilgach, frantsuzlar bir kishi kam bo'lib qolishdi. Biroq chetlatishdan 10 daqiqa o'tib, hujumchi Yugo Ekitike Frantsiya terma jamoasining ustunligini ikki barobarga oshirdi. Uchrashuv yakunida braziliyalik himoyachi Bremer hujumchi Luis Enrikening uzatmasidan so'ng javob to'pini kiritdi.

O'rtoqlik uchrashuvi

Braziliya — Frantsiya — 1:2 (0:1)

Gollar: Mbappe, 32 — 0:1. Ekitike, 65 — 0:2. Bremer, 78 — 1:2.

Chetlatish: Upamekano (F), 55.

Manba: www.stadion.uz.